Boshqa kafedralar
- Avtomobilsozlik va transport
- Umumtexnika fanlar
- Transport logistikasi
- Mashinasozlik texnologiyasi
- Texnologik mashinalar va jihozlar
- Mehnat muhofazasi
- Elektr muhandisligi
- Muqobil energiya manbalari
- Axborot texnologiyalari
- Tillar va gumanitar fanlar
- Kimyo va kimyo muhandisligi
- Iqtisodiyot
- Metrologiya va yengil sanoat
- Materialshuonslik
- Arxitektura va gidrotexnika
- Qurilish muhandisligi
- Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
- Buxgalteriya hisobi va menejment
Metrologiya va yengil sanoat


Sulaymanov Sharifjon
Abdumannabovich
KAFEDRA MUDIRI
Telefon:Tel:+998902002530
E-mail: sulaymon.72 @mail.ru
«Metrologiya va yengil sanoat» kafedrasi Andijon Davlat texnika instituti instituti Ilmiy Kengashining 2025 yil 29 mart kungi 1-sonli yig‘ilishi qaroriga asosan tashkil topgan bo‘lib, аsоsiy vаzifаlаridаn biri iqtisоdiyotning turli ishlаb chiqаrish vа хizmаt ko’rsаtish sоhаlаri uchun yuqоri mаlаkаli mutахаssislаr tаyyorlаshdаn ibоrаt. O’tgаn dаvr mоbаynidа kаfеdrа fоаliyatini tashkil etish va saloxiyatini oshirishda T.M.Ashurov (2014-2015 y.), t.f.n. Sh.M.Esanova (2015-2017 y.), M.O.Sattarov (2018-2019 y.), t.f.d. professor N.Sh.Mo’minov (2019-2020 y.), k.f.n. dotsent A.A.Mamajonov (2020-2021 y.), t.f.f.d. B.R.Xamdamov (2021-2022 y.) va 2022 yildan hozirga qadar t.f.f.d. dotsent Sh.A.Sulaymanov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedra jamoasi oldida zamonaviy mexanika sohasidagi yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qoʻyilgan. Kafedrada jami 30 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa, ularning 2 nafari professor, 10 nafari dotsent, 3 nafari katta oʻqituvchilar, 9 nafari assistant va 5 nafari stajyor o’qituvchilardan iboratdir.
“Metrologiya va yengil sanoat” kafedrasida oʻtiladigan fanlar roʻyhati (Barcha muxandislik ta’lim yoʻnalishlari talabalari uchun)
1 Metrologiya asoslari II-III2 O’lchashlarning fizikaviy asoslari I-II
3 Fizikaning qo’shimcha boblari I- II
4 Ishlab chiqarish texnologiyasi I
5 Standartlashtirish asoslari II-III-IV
6 O’lchash usullari va vositalari II-III
7 Maxsulot eksporti asoslari II-III
8 Texnik jixatdan tartibga solish I-II
9 Kattalik etalonlari II-III
10 Akkrediatsiya va muvofiqlikni baxolash II-III
11 O’lchash asboblarining konstruksiyasi I-II
12 Xalqaro standartlar majmuasi II-III
14 Menejment tizimlarida axborot texnologiyalari IV
15 Maxsulot sifati va sifatni boshqarish II-III
16 Sifatni boshqarishning statistik usullari I
17 Mahsulot sifati va sinov qurilmalari IV
18 Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurulmalari IV -V
Bugungi kundа kаfedrа tаrkibidа:
60711300 – “Mеtrоlоgiya, stаndаrtlаshtirish vа mахsulоt sifаti mеnеjmеnti (tаrmоqlаr bo’yichа)”, 60711800 –“Biоtibbiyot muхаndisligi”, 60721200 – “Еngil sаnоаt buyumlаri kоnstruksiyasini ishlаsh vа tехnоlоgiyasi (ishlаb chiqаrish turlаri bo’yichа)”, 60721300 – “Tаbiiy tоlаlаrni dаstlаbki ishlаsh tехnоlоgiyasi (хоm аshyo vа jаrаyon turlаri bo’yichа)” bаkаlаvr yo’nаlishlаri hаmdа 70711302 – Mеtrоlоgiya, stаndаrtlаshtirish vа sifаtni bоshqаrish (tаrmоqlаr bo’yichа), 70711301-Mahsulotlar xavfsizligi va ularning sertifikatsiyasi (tarmoqlar bo‘yicha) bo’yicha mutaxassislar tayyorlash yo’lga qo’yilgan.Kafedraning asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash;• kafedra yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish takomillashtirish;
• kafedra fanlari bo‘yicha ishlab chiqarish korxinalari talablari asosida o‘quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
• Tayanch oliy o‘quv yurtlari professori–o‘qituvchilari va ishlab chiqarishdan mutaxassislar hamkor hamda darslik, monografiya, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
• o‘quv shakllari (ishlab chiqarishdan ajralgan) bo‘yicha oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalaridagi fanlar bo‘yicha belgilangan mashg‘ulot turlarini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash;
• talabalarning mustaqil va kurs ishlariga hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; – talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;
• iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu jumladan “Iste’dod” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
• talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy shart-sharoitlar yaratish;
• tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
• kafedra o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o‘quv, ilmiy- uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko‘rib chiqish, tajribali o‘qituvchilar faoliyatini o‘rganish, umumlashtirish va ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish;
• zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishni boshlagan yosh o‘qituvchilarga pedagogik malaka va ko‘nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida zamonaviy o‘quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o‘qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish, o‘qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o‘quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o‘qitish elementlarini rivojlantirish;
• ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta’lim hujjatlarining me`yor talablariga javob berishini belgilash bo‘yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;
• byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb etish, shuningdek, ilmiy- texnikaviy yordam ko‘rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo‘jaliklar bilan aloqa o‘rnatish;
• kafedra ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazish, ta’lim xizmati ko‘rsatish tizimini rivojlantirish;
• xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
• talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo‘nalishlar va ixtisosliklar, kasb-hunar turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilish, kichik korxonalarda, talabalarni darsdan bo‘sh vaqtini unumli va foydali mehnat bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
• kafedrada o‘qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to‘liq va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va qurilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish;
• institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi o‘quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan uzluksiz to‘ldirib borish va yangilanishini doimiy nazorot qilish. Kafedra jamoasi oldida hozirda zamonaviy ishlab chiqarish sohasida metrologiya va standartlashtirish mahsulot sifati bo`yicha yetuk bakalavr tayyorlash, o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo‘yilgan.
Kafedra yutuqlari:
Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 20 dan ortiq patent va guvohnomalar, 10 dan ortiq monografiya, 10 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanma, 300 dan ortiq xalqaro nufuzli jurnallarda, jumladan 10 ta Scopus bazasidagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettitilgan. Kafedra tayanch doktorantlari tmonidan 2014-2023 yillar davomida 6 ta dissertatsiya ishi himoya qilingan va texnika fanlari falsafa doktori ilmiy darajasi olingan. 2024-2025 o‘quv yilida kafedraning 2 nafar ilmiy tadqiqotchisi 05.02.04 - “Standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli ximoya qildi.Sayt haqida
Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.