- Asosiy
- Batafsil
Talabalarning xorijiy safarga tanlovi o’tkazildi
-
Matbuot:KQKB
-
Date:
15-09-2025
Andijon davlat texnika institutida 2025-yil 13-sentabr kuni Buyuk Piotr Sankt-Peterburg texnologik universitetining taklifiga binoan “Qishki unversitet” dasturida ishtirok etish uchun institut bitiruvchi kurslar talabalari orasida tanlov o‘tkazildi. 20dan ortiq xohlovchilar orasidan maxsus komissiya tomonidan 5ta nomzod tanlab olindi.
Institutning xalqaro faoliyatida alohida o‘rin egallagan talabalarning xorijiy dasturlarda ishtirok etishi yildan-yilga yoshlarda katta qiziqish o‘yg‘otmoqda. Ushbu jarayonni ochiq, shaffof va halol, manfaatlar to‘qnashuvidan holi o‘tishini ta’minlash maqsadida komissiya tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi vakili ishtirok etdi. 👉https://web.andmiedu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅
Sayt haqida
Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.