- Asosiy
- Batafsil
Davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga bag‘ishlangan vebinar bo‘lib o‘tdi
-
Matbuot:KQKB
-
Date:
26-09-2025
Moliya va iqtisod vazirligi tomonidan davlat tashkilotlarida davlat xaridlarida manfaatlar to’qnashuvi holatlarining oldini olishga bag’ishlangan o’quv kurslar boshlandi. 2025 yil 25 sentyabr kuni mazkur o‘quv kursining ilk vebinarida institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari, institut bosh hisobchisi va davlat xaridlari bo‘yicha bosh mutaxassis ishtirok etdilar.
Vebinarda davlat xaridlari bilan bog‘liq mummolar, manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari bo‘yicha batafsil ma’lumotrlar berildi. Institutning oliy ta’lim tashkilotlarida davlat xizmatchilari toifasiga kiruvchi lavozimlar to‘g‘risidagi savolga maxsus reestr vazirlik tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi va bu masalada yuqori turuvchi tashkilotga murojaat qilish mumkinligi tushuntirildi. 👉https://web.ASTI.edu.uz✅
👉https://t.me/andmi_antikorr✅
Sayt haqida
Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.