Ўзбекистон ёшлари коррупцияга қарши
KQKB
Andijon davlat texnika institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish "kompleans-nazorat" bo‘limi tomonidan professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan birgalikda uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
🔹2025-yil 25-sentyabr kuni Avtomobilsozlik va transport fakulteti 1-bosqich "Barqaror transport", "Ishlab chiqarish muhandisligi", "Logistika" va "Yo‘l harakatini tashkil etish" yo‘nalishi talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.
🔰 Uchrashuvda Andijon davlat texnika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Ro‘ziyev, fakultet dekanining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari G.Yusupova, fakultet tyutorlari va fakultet koordinatori ishtirok etishdi.
✅ Uchrashuv avvalida dekan o‘rinbosari G.Yusupova bugungi uchrashuvning maqsadi, mazmun va mohiyati haqida to‘xtaldi. So‘ngra masʼul Sh.Ro‘ziyev talabalar bilan yakka holda ochiq suhbat o‘tkazdi.
https://t.me/AT_fakulteti