O'zbekiston yoshlari korrupsiyaga qarshi
KQKB
📃Bugun institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish "kompleans-nazorat" bo‘limi bosh mutahasisi Sh.А.Ruziyev hamda institut yoshlar yetakchisi I.Kobulovlar tomonidan Mashinasozlik texnologiyasi fakultetining 1-bosqich talabalar uchun "O'zbekiston yoshlari korrupsiyaga qarshi" shiori ostida davra suxbati tashkil etildi.
✨Sh.Ruziyev o'z nutqida Oʻzbekiston dunyoga islohotlar mamlakati sifatida tanilib ulgurgani. Har jabhada oʻzgarishlar, yangilanishlar kechmoqda. Boshqaruv tizimi shaffof, ochiq siyosat yuritish tamoyillari asosida yoʻlga qoʻyildi. Bu korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
⚡Gap korrupsiyaga qarshi kurash haqida borar ekan, bu borada jamoatchilikning nazorati juda muhim ekanini alohida taʼkidlash kerak. Eng asosiysi, bu jarayonda yoshlarning faolligi sezilayotgani eʼtiborga molik.
🇺🇿Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida toʻxtalib, bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi maqsadga muvofiq ekani taʼkidladi.
🇺🇿Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etilib, uning tarkibiga yoshlar, xususan, Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari jalb etilishi ham yaxshi natija berishi, shubhasiz. Chunki, yoshlarimiz vatanparvarligi, mamlakat taraqqiyotiga befarq emasligi, fidoyiligi bilan ajralib turadi. Ularda hayotbaxsh gʻoyalar, tashabbuslar ham koʻp ekanligi ta'kidlandi. Bo'lim qoshida tashkil etilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha talaba-yoshlar klubi" faoliyati to'g'risida talabalarga tushunchalar berildi.
✏️Bir soʻz bilan aytganda, ushbu uchrashuv orqali yoshlar korrupsiyaning jinoyat ekanini va unga nisbatan toqatsiz boʻlish gʻoyasini yoshlar oʻrtasida “tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida targʻib qilish va bu yoʻnalishda qonunchilikka takliflar, tavsiyalar berishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Prezidentimizning taʼbiri bilan aytganda, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz boʻlish biz — yoshlarning kundalik hayot tarziga aylanishi shart.
⚡Bizni kuzatishda davom eting!
🟦Telegram (https://t.me/Andti_yoshlari) 🟥Instagram (https://www.instagram.com/andmi_yoshlari?igsh=MWFqajVpOHRuNWt6aA==) 🟦Facebook (https://www.facebook.com/share/Kb6yY4Bx8fyPVzXw/?mibextid=qi2Omg)