• +99874 223-43-67

info@astiedu.uz

“Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

KQKB
img

✔️Davlatimiz rahbari nutqida jamoatchilikka murojaat qilib, korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishi ekanini ta’kidladi.

🇺🇿 Hammamiz yagona kuch bo‘lib harakat qilsak, albatta, katta ijobiy samaraga erishamiz. Shu bois mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’at va madaniyat xodimlari, tadbirkorlar, taniqli shaxslar, rahbarlar, deputat va senatorlar – umuman butun jamoatchilik birlashib, korrupsiyaga “jamiyat tanasidagi saraton” sifatida qarashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

😄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida ko‘tarilgan masalalar hamda sohada amalaga oshirilishi zarur bo'lgan ishlar yuzasidan 2025-yilning 26-sentyabr kuni institutning Mashinasozlik texnologiyasi, Yengil sanoati va kimyo muhandisligi hamda Avtomobilsozlik va transport fakultetlari tasarrufidagi kafedralar professor-o'qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

👍Davra suhbatida Korrupsiyaga qarshi kurashish "kompleans-nazorat" bo‘limi boshlig'i A.Turdiyev, fakultet dekanlari A.Axmedov, S.Dexqonboyevlar ishtirok etishdi.
 
⚠️V.Turdiyev Prezident korrupsiyaga qarshi kurashish doimiy jarayon ekanini aytib, bu boradagi dolzarb masalalarni va kelgusi vazifalarni ko‘rsatib o‘tgani,  Huquq-tartibot idoralari, asosan, korrupsiyani aniqlash va jazolash bilan ishlab, korrupsiyaviy omillarni tag-tomiri bilan yo‘qotadigan choralar ko‘rishi va korrupsiyaning oldini olish – davlat xizmatiga professional va fidoyi kadrlarni tanlash hamda ularni “halollik vaksinasi” bilan emlashdan boshlash shu bois ishga olishdagi tartib va yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlarni belgilab berganligi Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonun zarurati qayd etilib, uning loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishi belgilanganligi hamda fikri toza, korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodni tarbiyalash maqsadida ta’lim maskanlarida halollik g‘oyalarini singdirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ko‘rsatib o‘tilganligi to‘g‘risida ham ishtirokchilarga tushuntirish berib o'tdilar.

⚡Bizni kuzatishda davom eting!
🟦Telegram (https://t.me/Andti_yoshlari) 🟥Instagram (https://www.instagram.com/andmi_yoshlari?igsh=MWFqajVpOHRuNWt6aA==) 🟦Facebook (https://www.facebook.com/share/Kb6yY4Bx8fyPVzXw/?mibextid=qi2Omg)

blog
KQKB

Axborot xizmati / Matbuot

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.