Fuqarolar murojaatlari nazorat ostida
KQKB
Fuqarolar murojaatlari nazorat ostida
Andijon davlat texnika instituti talabalari va ularning ota-onalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portali, vazirlikka yo‘llanilayotgan murojaatlarni nazorat ostiga olish, manfaatlar to‘qnashuvidan holi o‘rganishlarni ta’minlash maqsadida ishchi gururhlar tarkibida Korrupsiyaga qarshi ichki tuzilma vakillari ishtirok etmoqda.
Jumladan, 2025-yil 6-oktyabr kuni institutning 2 nafar talabasining muammolarini o‘rganish bo‘yicha institut O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori , Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, Registrator offis direktori hamda Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘dan iborat maxsus ishchi guruh o‘z ishini olib bordi. Muhokamalar natijasida murojaatchilarga talabalarning o‘qishini davom ettirishi bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.