Tadbir
- Asosiy
- Batafsil
Talabalar dual ta’lim asosida tahsil olmoqda
-
Matbuot:Matbuot
-
Date:
03-11-2025
O’zbekiston Respublikasi prezidentining ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega qilib tarbiyalash, o‘quv jarayoniga dual ta’lim tizimini keng joriy etish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish kabi dolzarb vazifalari ijrosi ta’minlangan holda Andijon davlat texnika institutining mingdan ortiq talabalari 30 dan ortiq yirik korxona va tashkilotlarda dual ta’lim asosida tahsil olmoqda
Mehnat bozoridagi real ehtiyojlar, korxona va tashkilotlar, iqtisodiyot tarmoqlaridagi aniq ish o’rinlari bo’yicha mehnat foliyati bilan uyg’unlashgan holda tashkil etish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash dolzarb muammolardan biri sanaladi. Dual ta’lim tizimi ishlab chiqarish va ta’limni integratsiya qilish, amaliy ko’nikmalar, ish tajribasi, mehnat bozoriga moslashish, ishga joylashish imkoniyati, ish beruvchilar bilan hamkorlik, ishlab chiqarish talablariga muvofiq ta’lim kabi bir qator ustuvorliklar bilan ushbu muammolarga yechim bo’la oladi
Dual ta'lim loyihasi doirasida institut talabalari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha biriktirilgan korxona va tashkilotlarda belgilangan reja asosida nazariy bilimlar hamda amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishmoqda.
Sayt haqida
Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.