- Asosiy
- Batafsil
DIQQAT, TANLOVLAR!
-
Matbuot:KQKB
-
Date:
15-11-2025
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida tanlov va bellashuvlar e’lon qilinmoqda. Mazkur tanlov va bellashuvlarda faol ishtirok eting hamda pul mukofotlariga ega bo‘ling!
1. “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusida “Eng yaxshi rasmlar”respublika tanlovi. Mazkur tanlovda talabalar mavzuga oid ijod namunalari bilan ishtirok etadilar. Tanlov oliy ta’lim muassasasi hamda respublika bosqichlarida o‘tkaziladi. Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganlar quyidagicha mukofotlanadi.
🥇-o‘rin – 6 000 000 so‘m,
🥈-o‘rin – 5 000 000 so‘m,
🥉-o‘rin – 4 000 000 so‘m.
2. “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” respublika ko‘rik-tanlovi. Mazkur tanlovda talabalar mavzuga oid ijod namunalari bilan ishtirok etadilar.
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi. Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganlar quyidagicha mukofotlanadi.
🥇-o‘rin – 6 000 000 so‘m,
🥈-o‘rin – 5 000 000 so‘m,
🥉-o‘rin – 4 000 000 so‘m.
3. Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid bilimlar bellashuvi. Bellashuvda talabalar yakka tartibda ishtirok etadilar, ya’ni ishtirokchi telegram bot orqali ro‘yhatdan o‘tadi va do‘stlariga ulashadi. Kamida +5 referal ball to‘plagan ishtirokchi saralash bosqichiga yo‘llanma oladi. Saralash bosqichidagi test natijalaridan yuqori ballarga ega bo‘lgan ishtirokchilar final bosqichda ishtirok etadi. Final bosqichida esa test va insho yozish shartlari bilan bellashadilar.
Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganlar quyidagicha mukofotlanadi.
🥇-o‘rin – 6 000 000 so‘m,
🥈-o‘rin – 5 000 000 so‘m,
🥉-o‘rin – 4 000 000 so‘m.
Tanlovlar haqida batafsil havolada tanishishingiz mumkin.
✅Bizni kuzatishda davom eting!
📱Telegram (https://t.me/andtexnika) |📱 Facebook (http://www.fb.com/andtexnika) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/andtexnika/) | 📱YouTube (http://www.youtube.com/@andtexnika)
Sayt haqida
Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.