Yangilik
- Asosiy
- Batafsil
“Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari akademik almashinuv dasturi doirasida Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetiga xizmat safari bilan tashrif buyurdilar.
-
Matbuot:Matbuot
-
Date:
22-11-2025
Joriy yilning 18-noyabr kuni Andijon davlat texnik institutining “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari akademik almashinuv dasturi doirasida Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetiga xizmat safari bilan tashrif buyurdilar. Tashrif tarkibidan dotsentlar Z.E. Qodirov, Z.S. Umurzakova, D.M. Dadaboyeva hamda katta o‘qituvchilar M.M. Turginova va G.S. Ibragimovalar o‘rin oldi.
Mazkur safar 2025-yil 29-may kuni Andijonda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Ozarbayjon rektorlari forumida imzolangan ikki tomonlama hamkorlik Memorandumida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi sifatida tashkil etildi. Memorandum ta’lim, fan va innovatsiyalar yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish uchun mustahkam huquqiy va tashkiliy asos yaratgan edi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari va mezbon universitet professor-o‘qituvchilari akademik hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildilar. Xususan, o‘quv-uslubiy adabiyotlar almashinuvi, talaba va o‘qituvchilar uchun qo‘shma seminar-treninglar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish, shuningdek, xalqaro konferensiyalar va ilmiy-loyihalarda hamkorlikda ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, professor-o‘qituvchilar birgalikda dars mashg‘ulotlarini olib borib, o‘zaro pedagogik tajriba almashdilar. Ushbu faoliyat o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qildi. Delegatsiya vakillari mezbon universitetning kutubxona fondi hamda axborot-resurs tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar.
Muzokaralar yakunida o‘quv adabiyotlarini — jumladan, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar va monografiyalarni — metodik standartlar asosida kalibratsiya qilish, ya’ni ularni muvofiqlashtirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishildi. Bu tashabbus ta’lim resurslari sifatini oshirish va ularning o‘zaro mosligini ta’minlashda muhim qadam sifatida qayd etildi.
Hozirda stajirovka dasturi belgilangan reja asosida izchil davom etmoqda hamda ta’lim-metodik, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada keng qamrab olmoqda.
Sayt haqida
Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.