• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTIDA XALQARO ILMIY-TEXNIK ANJUMAN O‘TKAZILDI

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    23-04-2026

  • Count:

     325

blog

Andijon davlat texnika institutida “Ilm-fan, innovatsiya va ilg‘or texnologiyalar: global integratsiya va tarmoqlararo yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion ishlanmalar hamda turli sohalar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi. 🌍🔬

Tadbirni Andijon davlat texnika institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Doniyor Alijonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda ilm-fan va innovatsiyalarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tobora ortib borayotganini ta’kidlab, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Tadbirda O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlaridan kelgan yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda mutaxassislar ishtirok etib, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish, energiya samaradorligi, muhandislik, boshqaruv, iqtisodiyot va boshqa muhim yo‘nalishlarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.


Anjuman doirasida zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, global miqyosda ilmiy integratsiyani kuchaytirish va turli sohalarda tarmoqlararo yechimlarni ishlab chiqish borasida fikr almashildi.

Anjumanda quyidagi nufuzli mehmonlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar:

🔹 Tatkeyeva Galina Galimzyanovna — S. Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrar-texnik tadqiqot universiteti Energetika instituti professori, akademik, texnika fanlari doktori
🔹 Zhang Guichen — Shimoliy Xitoy Texnologiyalar Universiteti Energiya saqlash fanlari va muhandisligi bo‘yicha eksperimental markaz direktori
🔹 Abdullayev Ulug‘bek Saydanovich — Andijon davlat texnika instituti professori, tarix fanlari doktori
🔹 Xamzina Botagoz — S. Seyfullin nomidagi Qozog‘iston agrar-texnik tadqiqot universiteti Energetika instituti professori
🔹 Dr. Sankar Ganesh — Sharda University Uzbekistan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori
🔹 Yusupova Malika Botiraliyevna — Buxgalteriya hisobi kafedrasi professori
🔹 Farida Abjapar qizi — Osh davlat universiteti o‘qituvchisi
🔹 Dr. Shyam Nagala — Sharda University Uzbekistan Menejment fakulteti dekani
🔹 Choyubekova Ayjamal Mizambekovna — Osh davlat universiteti o‘qituvchisi
🔹 Dr. Ameer Rashed Khan — Sharda University professori
🔹 Dr. Latha — Sri Venkateshwara muhandislik kolleji Akademik ishlar bo‘yicha dekani

Ma’ruzalar davomida energiya samaradorligini oshirish, muhandislik va texnologiya sohalarida innovatsion yondashuvlar, ta’lim tizimida zamonaviy metodlarni joriy etish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur xalqaro anjuman ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Tadbir yakunida anjumanda faol ishtirok etgan mehmonlarga institut tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi hamda kelgusidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.