• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

ANDIJON DAVLAT TEXNIKA INSTITUTI VAKILI XITOYDA XALQARO ILMIY STAJIROVKADA ISHTIROK ETMOQDA

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    22-05-2026

  • Count:

     45

blog

Andijon davlat texnika instituti “Texnologik mashinalar va mehnat muhofazasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Oybek Obidov ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Jinan shahrida o‘tkazilayotgan “International Workshop on the Application of Agricultural Robotics” xalqaro seminar-treningi hamda ilmiy stajirovkasida ishtirok etmoqda.



Mazkur xalqaro workshop Xitoy Xalq Respublikasining Fan va texnologiyalar vazirligi (MOST) hamda Shandong Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda aqlli qishloq xo‘jaligi, agro-robototexnika, sun’iy intellekt, mashina ko‘rish tizimlari, avtomatlashtirish va uchuvchisiz boshqaruv texnologiyalariga oid ilg‘or ilmiy ishlanmalar va zamonaviy yondashuvlar muhokama qilinmoqda.



✅ Seminar-trening doirasida ishtirokchilar uchun nazariy mashg‘ulotlar, laboratoriya tajribalari, aqlli qishloq xo‘jaligi hududlariga amaliy tashriflar, ilmiy taqdimotlar hamda tajriba almashuv seminarlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

✅ Mazkur xalqaro ilmiy stajirovka Andijon davlat texnika institutida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish borasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.