Andijon davlat texnika institutida mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi
-
Author:Matbuot
-
Date:
22-05-2026
-
Count:
 43
2026-yil 22-may kuni Andijon davlat texnika institutida mustaqil izlanuvchilikka 2026-yil 3-chorak uchun kirish imtihonlari o‘tkazildi.
🌀 Mazkur jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirishga oid qarorlari hamda institut rektorining 2026-yil 18-maydagi 264-son buyrug‘i asosida tashkil etildi.
🤔 Talabgorlarning hujjatlari Innovatsion rivojlanish agentligining daraja.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilindi. Institut rektorining tegishli buyrug‘i bilan imtihon komissiyasi tarkibi hamda imtihonlarni o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.
👍 Imtihon jarayonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, video kuzatuv kameralari nazorati ostida olib borildi.
🌐 Kirish imtihonlari quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tashkil etildi:
▪️ 05.02.01 — Mashinasozlikda materialshunoslik, quymachilik, metallarga termik va bosim ostida ishlov berish, qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi
▪️ 05.02.04 — Standartlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish
▪️ 05.08.06 — G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish
▪️ 08.00.02 — Makroiqtisodiyot
▪️ 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit
▪️ 08.00.13 — Menejment
▪️ 08.00.14 — Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari
▪️ 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)