• +99874 224-08-08 (1001)

info@astiedu.uz

Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Xitoydagi xalqaro simpoziumda ishtirok etmoqda

  • event
    Author:

    Matbuot

  • Date:

    23-05-2026

  • Count:

     26

blog

Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi — Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Donyor Alijonov, Gidrotexnika va gidroenergetika kafedrasi mudiri Zailobiddin Boixanov hamda Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Odiljon Atabayev Xitoyning Harbin muhandislik universiteti Atom energetikasi va texnologiyasi markazi tomonidan 2026-yil 20–23-may kunlari tashkil etilayotgan “Atom energetikasi va texnologiyalari sohasida kadrlar almashinuvi simpoziumi”da ishtirok etmoqda.

✅ Simpozium doirasida ilmiy ma’ruzalar, tajriba almashuvlari hamda xorijiy universitetlar rektorlari ishtirokidagi “Yashil energiya — yashil kelajak” forumi tashkil etildi. Forumda energetika sohasi uchun zamonaviy va malakali kadrlar tayyorlash istiqbollari yuzasidan muhim muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, Harbin muhandislik universiteti Yadro fanlari va texnologiyalari markazi direktori professor Li Lei hamda atom energetikasi loyihalari bo‘yicha xalqaro ekspert professor Gao Puzhen bilan universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy tadqiqot aloqalarini mustahkamlash va akademik almashinuvlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🔛 Mazkur xalqaro tadbir global tajriba almashish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Sayt haqida

Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.