Yangilik
- Asosiy
- Batafsil
Texnologik mashinalar va jihozlar yoʻnalishi bitiruvchi talabalarining Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi
-
Matbuot:Mamarasulov .U
-
Date:
19-06-2025
Oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi №836-son qarorida 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish belgilab berilgan.
Andijon davlat texnika institutining Texnologik mashinalar va jihozlar yoʻnalishi bitiruvchi talabalarining Bitiruv malakaviy ishlari himoyasini OʻzAuto Austem QK MChJ da oʻtkazilayotgani ham bunga yaqqol misol boʻla oladi.
Bitiruv malakaviy ishi himoyasida korxonaning yetakchi mutaxassislari va institutning yetuk professor-oʻqituvchilari rais va a’zo sifatida biriktirlgan.
Ushbu jarayon har bir talabaga o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etishiga, o‘qish davomida egallagan nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlab, mutaxassis sifatida shakllanganini isbotlash imkonini beradi.
Sayt haqida
Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.