- Asosiy
- Batafsil
Birinchi bosqich talabalari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasi bo‘yicha suhbat o'tkazildi.
-
Matbuot:KQKB
-
Date:
12-05-2025
Andijon mashinasozlik instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish "kompleans-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan 2025-yil 10-fevral kuni “Elektrotexnika” fakulteti talabalari bilan suhbat o'tkazildi.
Unda, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlligining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2024/2025 o‘quv yili kuzgi semestrining yakuniy nazoratlar natijalari muhokama qilindi.
Bo‘lim xodimlari ishtirokida imtihonlarning ochiqlik va shaffofligi, talaba-yoshlar klubi va "Aksilkorrupsiya kovorking markazi” a’zolari tomonidan esa jamoatchilik nazorati ta'minlanganligiga alohida e'tibor qaratildi.
Suhbat jarayonida yoshlarning yakuniy nazoratlar bo'yicha fikri, taklif va tavsiyalari olindi.
Sayt haqida
Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.