Boshqa kafedralar
- Avtomobilsozlik va transport
- Umumtexnika fanlar
- Transport logistikasi
- Mashinasozlik texnologiyasi
- Texnologik mashinalar va jihozlar
- Mehnat muhofazasi
- Elektr muhandisligi
- Muqobil energiya manbalari
- Axborot texnologiyalari
- Tillar va gumanitar fanlar
- Kimyo va kimyo muhandisligi
- Iqtisodiyot
- Metrologiya va yengil sanoat
- Materialshuonslik
- Arxitektura va gidrotexnika
- Qurilish muhandisligi
- Mashinasozlik ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
- Buxgalteriya hisobi va menejment
Arxitektura va gidrotexnika

“Arxitektura va gidrotexnika” kafedrasi o‘z faoliyatini dastlab Andijon
iqtisodiyot va qurilish instituti tarkibida, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 516-sonli qarori asosida
tashkil etilgan “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi negizida
boshlagan.
2023-yil 4-sentabrdan boshlab kafedra “Arxitektura va qurilish” nomi
bilan faoliyat yurita boshladi hamda tarkibidan “Qurilish muhandisligi”
kafedrasi ajralib chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-noyabrdagi
PQ-396-sonli qaroriga asosan, Andijon mashinasozlik instituti, Andijon
iqtisodiyot va qurilish instituti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil
sanoat institutining Andijon filiali birlashtirilib, 2024-yil
17-fevraldan boshlab “Arxitektura va qurilish” kafedrasi yangi nom —
“Arxitektura va gidrotexnika” kafedrasi sifatida faoliyatini davom
ettirmoqda.
Kafedra bugungi kunda arxitektura, geodeziya, gidrotexnika va
geotexnika
sohalarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ilmiy-uslubiy va
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy va
tarbiyaviy faoliyatlarni amalga oshirishni o‘zining asosiy vazifasi deb
biladi.
Kafedraning laboratoriya bazasi zamonaviy texnik jihozlar bilan
ta’minlangan bo‘lib, talabalar bilimini mustahkamlash va ularni ishlab
chiqarish amaliyotiga tayyorlash maqsadida viloyatdagi yetakchi
korxonalar bilan hamkorlikda “5+1” nizomi asosida ta’lim jarayoni
tashkil etilmoqda. Ushbu tizim doirasida talabalar o‘quv-tanishuv,
malakaviy amaliyot va maxsus fanlardan amaliy mashg‘ulotlarni ishlab
chiqarish bilan uzviy bog‘langan holda olib boradilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv
qo‘llanmalar, darsliklar, ilmiy maqolalar, risolalar va elektron
kitoblar majmuasi ta’lim sifatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Shuningdek, talabalar fan dasturlarida ko‘zda tutilgan asosiy va
qo‘shimcha adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan.