Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasi Xitoyda xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
Matbuot
Andijon davlat texnika instituti rektori Umid Turdaliev hamda Avtomobilsozlik va transport kafedrasi mudiri Dilyor Mo'ydinov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida bo'ldilar Shimoliy Xitoy Texnologiyalar Universiteti (North China University of Technology — NCUT) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lumki, mazkur universitet Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Shu paytga qadar 20 dan ortiq talabamiz mazkur universitet qo‘shma dastur diplomiga ega bo‘lib, turli grant dasturlari doirasida ta’lim olib kelishdi.
Uchrashuvda North China University of Technology prezidenti, hurmatli janob Jan Lifeng, xalqaro hamkorlik bo‘limi direktori Shu Mei xonim, xalqaro maktab mutaxassisi Van Yue janoblari ham ishtirok etdi. Muzokaralar jarayonida ikki oliy ta’lim muassasasi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv doirasida quyidagi kelishuvlar imzolandi:
Akademik tadqiqot dasturlari
Ishtirokchilar soni: 6 nafar (PhD talabalar va o‘qituvchilar)
Yo‘nalishlar: yangi materiallar, energiyani saqlash, harakatni boshqarish
Har bir ishtirokchi uchun stipendiya: 20 734 yuan (RMB)
(o‘qish to‘lovi, turar joy, yashash xarajatlari, sug‘urta va aviabilet qamrab olinadi)
Umumiy homiylik miqdori: Shimoliy Xitoy Texnologiya Universiteti tomonidan 272 404 yuan (RMB) mablag‘ ajratilishi kelishib olindi.
Muzokaralar davomida NCUT bilan 2+2 qo‘shma ta’lim dasturini xalqaro iqtisodiyot yo‘nalishida tashkil etish, shuningdek, muntazam ravishda hamkorlikda ilmiy konferensiyalar o‘tkazish (har yili bir marta NCUTda, bir marta Andijon davlat texnika institutida) haqida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, Ilg‘or muhandislar tayyorlash maktabini tashkil etish bo‘yicha muhim muzokaralar olib borildi.
NCUT va ADTI o‘rtasida o‘quv va ilmiy faoliyat bo‘yicha quyidagi kelishuvlar belgilab olindi:
ADTI bazasida modernizatsiya qilingan malakali ilg‘or texnik injenerlar tayyorlash dasturi va maktabini tashkil etish.
Ushbu maktabni ochib, grant mablag‘larini jalb etish.
Maktab asosida texnopark tashkil etish.
Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
O‘quv-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish.
Ikki diplomli qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirish.
ADTI bazasida qo‘shma 3 ta ilmiy laboratoriya tashkil etish.
Ilmiy-amaliy konferensiyalarni muntazam ravishda birgalikda o‘tkazish.
Professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari va stajirovkalar tashkil etish.
O‘quv-amaliy va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish.
Yuqorida ko‘rsatilgan ishlarga qo‘shimcha ravishda investitsiya imkoniyatlarini topish va davlat grantlarini jalb qilish.
Mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-tadqiqot ishlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilg‘or muhandislar maktabi va texnopark kabi loyihalarni amalga oshirish orqali ta’lim va ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.