Yangilik
- Asosiy
- Batafsil
O‘zbekiston Respublikasi Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasi Boku Muhandislik Universitetiga (BMU) tashrifi
-
Matbuot:Matbuot
-
Date:
21-11-2025
Joriy yilning 18-noyabr sanasida Andijon davlat texnika institutining Magistratura bo‘limi boshlig‘i G. L. Babayeva, Avtomobilsozlik va transport kafedrasi mudiri D. A. Moydinov, Transport logistikasi kafedrasi mudiri L. Y. Bakirov boshchiligidagi 9 nafar delegatsiya a’zolari Ozarbayjon Respublikasi Boku Muhandislik Universitetiga (BMU) tashrif buyurdilar.
Delegatsiya a’zolari mezbonlar tomonidan samimiy kutib olindi va tashrif dasturi BMU rektori Yagub Piriyev boshchiligidagi rahbariyat bilan o‘tkazilgan rasmiy uchrashuv bilan boshlandi. Uchrashuv davomida rektor Yagub Piriyev O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va qardoshlik munosabatlari asrlar davomida izchil davom etib kelayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev boshchiligida strategik hamkorlik va do‘stona aloqalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar ikki davlat o‘rtasida ta’lim va fan sohalarida akademik hamkorlikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar yaratib berayotganini alohida qayd etdi.
Muzokaralar yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi rahbarlari tomonidan ta’lim va akademik mobillik sohasida qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishni o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Andijon davlat texnika instituti delegatsiyasining Boku Muhandislik Universitetiga tashrifi davom etmoqda.
Sayt haqida
Saytdagi ma'lumotlar uchun mualliflar javobgar. Har qanday foydalanish saytga ochiq havola ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etiladi. Internet nashrlar ma'lumot ko‘chirganda, qidiruv tizimlari uchun erkin va ochiq havola qo‘yishi shart, havola qisman yoki to‘liq foydalanilganda ham ko‘rsatilishi lozim.